“Nasaf” o'z safiga serbiyalik himoyachini qo'shib oldi

19 yanv 2018, 22:43
Turkiyada yig'in o'tkazayotgan Qarshining “Nasaf” klubi o'z safini yana bir legioner bilan to'ldirdi.

Serbiyalik himoyachi Slavko Lukich bugun “Nasaf” bilan shartnomaga imzo chekdi.

Futbolchi haqida ma'lumot:

Slavko Lukich – 1989 yil 14 martda tug'ilgan.

Ampluasi- o'ng qanot himoyachisi

Bo'yi – 182 sm.

Serbiya yoshlar (U-19, U-21) terma jamoalarida to'p tepgan. “Nasaf”ga qadar “Spartak” (Trnava, Slovakiya) jamoasida to'p tepgan.

Bu bilan qarshiliklar OCHL uchun belgilangan legionerlar limiti (3+1) dan to'liq foydalanishdi.  Dragan Cheran (Serbiya), Igor  Golban (Rossiya), Jahongir Aliev (Tojikiston) bilan birga Slavko Lukich “Nasaf” sharafini himoya qiladi.

Qarshilik muxlislarni bu futbolchi OCHL pley off uchrashuvida ushbu serbiyalik futbolchi maydonga tusha oladimi, degan savol qiziqtirishi tabiiy. Ha, "Nasaf" OCHL uchun futbolchilarni "zayavkadan" o'tkazib bo'lgan. Ammo musobaqa reglamentiga ko'ra, bellashuvlar boshlanishiga bir hafta qolganda jamoalar tarkibiga 8 tagacha  o'zgartirish kiritishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, "Nasaf" yakuniy ruyxatini 23 yanvar kuni to'liq bilib olishimiz mumkin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia