Slavko Lukich faoliyatini Superligada davom ettiradi

27 yanv 2021, 23:51
Bu haqda “Qo'qon-1912” klubi matbuot xizmati ma'lumot berdi.

"Qarshining “Nasaf” hamda Namanganning “Navbahor” jamoalaridagi o'yinlari bilan yurtimiz muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan , Serbiyalik futbolchi Slavko Lukich “Qo'qon-1912” jamoasi safiga kelib qo'shildi. Jamoamiz murabbiylarining taklifiga binoan Qo'qonga yetib kelgan himoyachi bugundan mashg'ulotlarga qo'shildi. Slavko Lukich bu yilgi mavsumni jamoamiz safida o'tkazishi aniq bo'ldi", deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, 2019 yilgi mavsumni Namanganning "Navbahor" jamoasida o'tkazgan futbolchi 2020 yilda Bosniyaning "Zvezda" va Serbiyaning "Napredak" jamoalarida tarkibida to'p tepdi. 31 yoshli himoyachi o'tgan yil davomida atigi 3 ta rasmiy o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia