"Nasaf"ning Turkiyadagi raqiblari nomi ma'lum

Alisher
6 fev 2020, 11:05
Avval xabar qilinganidek, Nasaf futbolchilari 5 fevraldan 19 fevralga qadar yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi.

Ro'ziqul Berdiev shogirdlari yig'in davomida asosiy e'tiborni nazorat uchrashuvlariga qaratishadi. O'quv-mashg'ulotlar yig'ini doirasida oltita nazorat uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan. Hozircha ulardan beshta raqibning nomlari ma'lum. Oltinchi jamoa bilan esa muzokara olib borilmoqda. "Nasaf"ning raqiblari Ukraina, Makedoniya, Qirg'iziston va Belarus davlatlari jamoalari bo'ladi.


Nasaf futbolchilarining Antaliyadagi nazorat uchrashuvlari jadvali:


7 fevral – “Kolos” (Ukraina)

10 fevral – “Vorskla” (Ukraina)

11 fevral – “Bregalnica ” (Makedoniya)

14 fevral – “Dordoy” (Qirg'iziston)

17 fevral – “Torpedo Belaz” (Belorussiya)

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcnasaf.uz