"Nasaf" muhim bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda (FOTOGALEREYA)

9 avg 2014, 12:27
Ertaga Qarshida Oliy liganing 15-turidan o'rin olgan markaziy o'yini "Nasaf" - "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi bellashuv bo'lib o'tadi.
Ushbu bahs har ikkala jamoalar uchun muhim sanaladi. Ro'ziqul Berdiev jamoasi uchun bu o'yin chempionlik poygasidagi hal qiluvchi uchrashuv desak mubolag'a bo'lmaydi. Agarda "ajdarlar" g'alaba qozongudek bo'lishsa, unda "Nasaf" chempionlik bahsida kurash olib borish imkoniyatini saqlab qoladi. Aksincha bo'ladigan bo'lsa, vaziyat yanada chigallashadi va chempionlikka asosiy da'vogar bo'lib turgan "Lokomotiv"ni o'zlaridan yanada uzoqlashtirib yuborishadi.

Turning markaziy o'yini oldidan "Nasaf" klubi qarorgohida jamoaning o'yinoldi mashg'ulotlar jarayonini kuzatdik.

Sizga buni fotomaqola tarzida taqdim etamiz.

Shohruh Gadoev jarohatidan forig' bo'lgan va katta ehtimol bilan "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin

Artur Gevorkyan hozirda to'purarlar bahsida yetakchilik qilmoqda. Turmanistonlik futbolchi ertaga Ignatiy Nesterov darvozasini ishg'ol etib, o'z ko'rsatkichini yanada yaxshilab olish niyati borligini yashirmayapti

Mavsum oldidan "Lokomotiv" jamoasi jiddiy ravishda Eldor Suyunovga katta qiziqish bildirgan edi. Lekin Suyunov o'z jamoasini almashtirishni istamagandi. "Nasaf" kiperi ertaga "temiryo'lchilar" bilan bo'ladigan bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda

"Lokomotiv" himoyachilariga katta "muammo" bo'lishi kutilayotgan Artur Gevorkyanning kayfiyati yuqori

O'tgan mavsumda "ajdarlar" tarkibiga kelib qo'shilgan Laziz Ubaydullaev o'yinlarda "ko'rinmay" qolgandi. Mashg'ulotda ushbu futbolchini ko'rishga muvaffaq bo'ldik. Ayni paytda "Sho'rtan" jamoasining sobiq a'zosi "Nasaf"ning asosiy tarkibiga kirish uchun kurash olib bormoqda

Ro'ziqul Berdiev bilan muhim o'yin oldidan suhbatlashdik. Bu haqida ertaga "SA"da o'qiysiz

Ilhom Shomurodov birinchi davradagi o'yinda Ignatiy Nesterov darvozasini ishg'ol etib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgan edi

Foto: Sardor Nurov

Shahboz Beg'amov tayyorladi.


Manba: championat.asia