⚡️"Nasaf" Italiya A Seriyasida o'ynagan braziliyalik futbolchi bilan shartnoma tuzadi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2024, 12:45
Qarshining "Nasaf" klubi yangi mavsum oldidan o'z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, 28 yoshli braziliyalik hujumkor yarim himoyachi va qanot vingeri Viktor Da Silva tez orada "Nasaf" klubi bilan shartnoma tuzadi. 

1995 yilda tug'ilgan hujumchi faoliyati davomida Italiyaning "Kevo", "Peskara", "Breshia", "Teramo", "Perudja", "Fermana", "Virtus Verona" ko'plab klublarida to'p tepgan. 2013 yilda "Kevo" safida Italiya A seriyasi va Italiya Kubogida o'ynagan. Viktor Xorvatiyaning "Istra 1961", Albaniyaning "Vlazniya", Kiprning "Olimpiakos" kabi klublarda ham to'p tepgan. Uning so'nggi jamoasi Albaniyaning "Partizani" bo'ldi.

Viktor Da Silva professional faoliyati davomida 277ta o'yinda 72ta gol urgan va 23ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining narxi 350 ming evroga baholanmoqda.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia