“Nasaf” ikki nafar futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2017, 06:39
Davralar oralig'ida Qarshining "Nasaf" klubi tarkibiga yangi o'yinchilar qo'shildi.

Bundan avval “Sho'rtan” jamoasi safida faoliyat yuritgan himoyachi Umarbek Eshmurodov va futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan, yarim himoyachi Jasur Hasanov endi “ajdarlar” sharafini himoya qiladi. “Nasaf” futbol klubi bu futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. 


Quyida yangi futbolchilar haqidagi umumiy ma'lumotlar bilan tanishing.


Jasur Orziqulovich Hasanov

Tug'ilgan sanasi: 2 avgust 1983 yil (33 yosh)

Tug'ilgan joyi: Jizzax shahri

Ampluasi: yarim himoyachi

O'ynagan klublari: “So'g'diyona”, “Navbahor”, “Mashal”, “Bunyodkor”, “Lahviya” (Qatar), “Lokomotiv”, “Qizilqum”.

Erishgan yutuqlari: O'zbekiston chempioni – 5 marta, Qatar chempioni – 1 marta, O'zbekiston Kubogi sohibi – 5 marta.


Umarbek Eshmurodov

Tug'ilgan sanasi: 30 noyabr 1992 yil (24 yosh)

Tug'ilgan joyi: Koson tumani, Qashqadaryo viloyati

Ampluasi: himoyachi

O'ynagan klublari: “Sho'rtan” jamoasi – 2013-2017 yillar

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcnasaf.uz