“Nasaf” FM tayyorlov guruhi musobaqani yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi

22 sen 2015, 00:58
Xabaringiz bor, Toshkentda xotira turnirida ishtirok etayotgan “Nasaf” futbol maktabining 2003 yilda tug'ilgan tayyorlov guruhi jamoasi bugun uchrashuvni o'tkazishdi.


“Chirchiq” (Chirchiq shahri) – “Nasaf-2003” (Qarshi) jamoalari o'rtasidagi bahs keskin kurashlarga boy bo'ldi. O'yinni tomosha qilish uchun kelgan muxlislar yosh “nasaf”chilar tomonidan kiritilgan biri-biridan chiroyli tarzda kiritilgan gollar shousiga guvoh bo'lishdi.

Jasur Ibragimov va Umar Rahmatullaev shogirdlari Chirchiqlik tengdoshlarini ayab o'tirishmadi, raqiblari davrvozasiga naqd javobsiz sakkizta to'p kiritishdi.

O'yin 8-0 hisobida yakun topdi.

Ertaga yosh futbolchilarimiz navbatdagi bahsni o'tkazishadi, ikkinchi uchrashuvda ularning raqibi Toshkentning “Bunyodkor –B” jamoasi bo'ladi.

Ushbu uchrashuvda ham yosh “nasaf”chilarga zafarlar tilab qolamiz.


Manba: voha.uz