“Napoli” forvardi qatorasiga ikkinchi uchrashuvda xet-trik qayd etdi

4 sen 2020, 23:37
“Napoli”ga yaqindagina kelib qo'shilgan nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxen Italiya klubi safida ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Jamoasining “Teramo” klubiga qarshi kechgan bellashuvda hujumchi xet-trikka erishdi. Avgust oyida neapolliklar “L’Akuila” klubi bilan kuch sinashishgan va o'sha bellashuvda Osimxen sakkiz daqiqa ichida uch bor raqib posbonini ranjitgan edi.

Eslatib o'tamiz, “Napoli” Viktor Osimxenni 50 million evro evaziga “Lill” klubidan sotib olgandi. Nigeriyalik hujumchisi 2019 yilning avgustidan buyon francuz klubida to'p tepib kelayotgandi. “Lill” o'z navbatida afrikalik futbolchini Belgiyaning “Sharlerua” jamoasida 14 million evroga xarid qilgandi.

Joriy mavsumda hujumchi “Lill” safida barcha turnirlarda 38 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 21 yoshli futbolchi ushbu bahslarda o'z hisobiga 18 ta gol rasmiylashtirdi, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com