"Namanganda "Navbahor" favorit, "Andijon" chaqilmas "yong'oq"ligini o'tgan turda isbotladi" - Bugungi uchrashuvlardan oldin mutaxassis fikri

Iskandarov Abdulaziz
11 mar 2023, 08:47
Kecha Superliganing ikkinchi tur bahslari start oldi. Bugun navbatdagi ikki uchrashuv bo'lib o'tadi.

Mazkur bahslardan oldin sobiq futbolchi Anvar G'ofurov o'z taxmin va fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Navbahor" - "Metallurg"

- "Navbahor" bu o'yinda yaqqol peshqadam, deb o'ylayman. Chunki ularning oldiga qo'ygan maqsadlari barchaga ma'lum. "Metallurg" uchun Namanganda oson bellashuv bo'lmaydi. Bekobodliklarga qarshi yaxshi futbolchilardan iborat jamoa o'ynaydi. O'yin har doim o'ziga ko'p muxlisni jamlaydigan stadionda bo'lib o'tadi. 

Imkoniyatlar: 65/35

"Surxon" - "Andijon"

- "Surxon" yosh tarkibga ega bo'lgan jamoa. Ularga o'z o'yinini topishi uchun qanchadir vaqt kerakdir. Lekin bu jamoa har bir o'yinda g'alaba qozonishga qodir, deya olaman. "Andijon" jamoasi birinchi turda safarda oldiga qo'yilgan vazifani yuz foiz bajardi. Qarshida kuchli jamoadan ustun kelib, chaqilmas "yong'oq" ekanligini namoyish qildi. 

Imkoniyatlar: 55/45

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia