Nainggolan: Faoliyatimni tugatganimdan so'ng futboldan butunlay ketaman

5 iyun 2018, 08:55
“Roma”nin belgiyalik futbolchisi Raja Nainggolan faoliyatini tugatganidan so'ng futbolda qolmasligini aytdi.

“Faoliyatimni tugatganimdan so'ng futboldan butunlay ketishni xohlayman. Menga ekspert yoki murabbiy bo'lish yoqmaydi. Bunday ish bilan shug'ullanishni yoqtirmayman. Yaqin vaqtlar ichida Rimda kiyim-kechak do'koni ochmoqchiman. Umid qilamanki, u shahardagi eng yaxshi do'konlardan biri bo'ladi. Unda xaridorlar uchun bar tashkil qilsak, o'zgacha bo'ladi. Iyul oyida ochilish marosimi bo'ladi, ishlar davom etmoqda”, - deydi Raja.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gert Late Night