Nagelsmann: "Bavariya 1-bo'limda 8 ta gol urishi mumkin edi. Biz zo'r o'ynadik"

Aziz Tukhtamuradov
18 okt 2021, 08:34
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsman "Bayer"ga qarshi o'yin haqida (5:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo'limda yarim himoyadagi to'rtligimiz juda yaxshi o'ynadi. Kimmix munosib o'yin ko'rsatdi. Gorecka birinchi bo'limdagi eng muhim o'yinchilarimizdan bo'ldi. Umuman olganda, yarim himoya juda yaxshi edi. 

Birinchi taymda juda ko'plab vaziyatlarimiz bo'ldi. Biz to'p bilan nazorat qilganimizda, tizimni ushlay oldik. Qarshi hujumlarda 6, 7 va hatto 8-golimizni ham urish imkonimiz bor edi. Biz juda kuchli o'yin namoyish etdik", - dedi Nagelsman. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcbayern.com