Myuller safga qaytdi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2023, 18:13
"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller jarohatidan forig' bo'lib safga qaytdi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann ma'lumot berdi.

"Tomas - men va "Bavariya" uchun muhim futbolchi. U doim kreativ o'yin ko'rsatadi, ko'plab aniq uzatishlarni amalga oshiradi. Shu boisdan doimo o'zidan yaxshi taassurot qoldiradi. U tarkibda bo'lishi aniq. Uning qaytishidan xursandman", - dedi Nagelsmann.

Myuller jarohati sababli "Bavariya"ning 8 o'yinini o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bayern and Germany