Myuller Inzagini quvib o'tib, YCHL tarixidagi eng yaxshi to'purarlar o'nligiga kirdi

Eldor Akmurzayev
2 dek 2020, 20:40
Chempionlar Ligasi 5-turi doirasida “Bavariya” safarda “Atletiko” (1:1) bilan murosa yo'lini tanladi.

Uchrashuvni zaxiradan boshlagan myunxenliklar a'zosi Tomas Myuller 2-taymda maydonga tushdi va bo'lim oxirlarida raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi.

Bu Myullerning musobaqadagi 47-goli bo'ldi va u eng yaxshi to'prarlar reytingida 10-o'ringa ko'tarildi. Tomas italiyalik sobiq hujumchi Filippo Inzagini (46 to'p) ortda qoldirdi.

Hisobida 48 tadan gol bo'lgan Zlatan Ibragimovich va Andrey Shevchenko esa 9-o'rinni bo'lishib turibdi.

Eslatib o'tamiz, “Bavariya” 6-tur doirasida 10 dekabrda “Lokomotiv” bilan bahslashadi va mazkur o'yinda Myuller o'z natijasini yaxshilab olish imkoniga ega bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/fcbayern