MYU yana bir bor "Napoli" bilan muzokaralar o'tkazdi

Mirjalol Normatov
9 dek 2018, 17:42
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.

"The Times" xabariga ko'ra, tomonlar Kalidu Kulibalining transferi borasida gaplashib olishgan. Italiya jamoasi 27 yoshli himoyachini 100 million evroga sotishga tayyorligini ma'lum qilgan. Oldinroq neapolliklar MYUning 103 million evrosini rad qilgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

Bu mavsumda Kulibali A Seriyaning 15 o'yinida qatnashdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times