MYU Valdesga kiyinish xonasida javon bermadi va yoshlar jamoasida mashg'ulot o'tkazishni taqiqladi

Narzulla Saydullayev
9 okt 2015, 10:00
Viktor Valdes Manchester Yunaytedda qiyin ahvolga tushib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, darvozabonga kiyinish xonasida javon ajratilmagan, uning surati jamoaviy rasmdan olib tashlandi va yoshlar jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazish taqiqlab qo'yildi.

Posbonga faqat individual tarzda shug'ullanishga ruxsat bor, shu bilan birga qolgan futbolchilar bilan maydonda to'qnash kelishi majburiy emas.

Yozda Manchester Yunayted ustozi Lui van Gal darvozabon klubdan ketishi kerakligini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: theguardian.com