

Ma'lumotlarga ko'ra, MYU "Roma" hujumchisi Paulo Dibalaga qiziqmoqda. Bir necha klub Dibalaning shartnomasidagi tovon puliga qiziqqan. Italiyadan bo'lmagan klublar iyul oyi davomida futbolchini 12 mln. evroga sotib olish imkoniyatiga ega.
"Manchester Yunayted" Dibala borasida ma'lumot yiqqan so'nggi klub sifatida aytilmoqda. Bunga jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag buyruq bergan.
APLga o'tish g'oyasi 30 yoshli futbolchiga yoqyapti, ammo hozircha rasmiy takliflar kelib tushgani yo'q.
Dibala "Roma"da ikkita mavsum o'tkazib, bu vaqt ichida A Seriyada 25ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.



