MYU vakillari ten Xag buyrug'i bilan "Roma" futbolchisi haqida ma'lumot yig'ishdi

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2024, 21:15
"Manchester Yunayted"da yana bir argentinalik paydo bo'lishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, MYU "Roma" hujumchisi Paulo Dibalaga qiziqmoqda. Bir necha klub Dibalaning shartnomasidagi tovon puliga qiziqqan. Italiyadan bo'lmagan klublar iyul oyi davomida futbolchini 12 mln. evroga sotib olish imkoniyatiga ega.

"Manchester Yunayted" Dibala borasida ma'lumot yiqqan so'nggi klub sifatida aytilmoqda. Bunga jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag buyruq bergan.

APLga o'tish g'oyasi 30 yoshli futbolchiga yoqyapti, ammo hozircha rasmiy takliflar kelib tushgani yo'q.

Dibala "Roma"da ikkita mavsum o'tkazib, bu vaqt ichida A Seriyada 25ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RomaPress