"MYU va "Chelsi" "Liverpul" va "Siti"dan 25-30 ochkoga ortda qoladi". Karrager APL chempionlik poygasi haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
6 sen 2020, 17:59
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager APLning yangi mavsumidagi chempionlik poygasi haqida gapirdi.

"Liverpul"ning transferlaridan qanoatlandim. Ular transferlar oynasidan ustalik bilan foydalanishyapti. Kichik summaga olingan futbolchilar katta summaga sotilyapti.

Agarda koronavirus bo'lmaganida yangilar juda ko'p bo'lardi. Timo Verner ham "Chelsi" emas, "Liverpul"ga o'tardi. Umid qilamanki, klub Tyago Alkantarani tarkibga olib keladi.

Chempionlik uchun kurashadigan ikki jamoa bor: "Liverpul" va "Manchester Siti". "Chelsi" va MYU ulardan 25-30 ochkoga ortda qolsa kerak", - dedi Karrager.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal