MYU va "Arsenal"ga turkiyalik futbolchi kerak

Sherzod Nurmatov
22 iyun 2020, 00:04
"Roma" yarim himoyachisi Jengiz Under Angliyaning "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Qizil iblislar" Underni dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Jeydon Sanchoning transferi amalga oshmagan taqdirda xarid qilmoqchi. 

"Arsenal" esa rimliklarga ijaraga berilgan Genrix Mxitaryan hamda turkiyalik vingerning "rokirovka"sini amalga oshirishi mumkin. Bu haqida Daily Mail nashri ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail