MYU skautlari Dembelening o'yinini kuzatish uchun Fransiyaga yo'l olishdi

Alisher
7 okt 2019, 13:55
"Manchester Yunayted" "Lion" futbolchisi Mussa Dembeleni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

23 yoshli Dembelening o'yinini kuzatish uchun "qizil iblislar" skautlari Fransiyaga tashrif buyurishdi.

Futbolchi maydonga 59-daqiqada tushirildi. O'yin esa "Sent-Eten"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Xabar berilishicha, manchesterliklar Dembeleni qishda 50 million evroga olishga tayyorlar.

Fransiyalik forvard joriy mavsum Fransiya chempionatida 8ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail