MYU Onana uchun 46 million evro va bonuslar to'lashga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
6 iyul 2023, 09:16
"Manchester Yunayted" darvozabon Andre Onanani qo'lga kiritish uchun navbatdagi harakatni amalga oshirmoqchi.

Manchesterliklar darvozabon uchun 39 million funt va bonuslar berishga tayyor. 

"Inter" uning narxini 50 million funt etib belgilagan. Ammo tomonlar bu borada kelishuvga erishib olishlari mumkin.

Avvalroq "Inter" MYUning 40+5 million evro ko'rinishidagi taklifini rad etgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN