MYU muxlislari uchun noxush yangilik. Maguayr "Yunayted"da qoladigan bo'ldi

Aslanov Jasurbek
28 avg 2023, 23:28
Xarri Maguayr "Manchester Yunayted"da qoladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyes himoyachini sotib olish g'oyasidan voz kechmagan edi. Biroq MYUdagilar London klubiga ushbu transfer amalga oshmasligi haqida ma'lum qilishdi.

Oldinroq "Vest Xem" himoyachiga haftasiga 120 ming funtlik maosh taklif qilgan edi, futbolchining o'zi "Yunayted"da haftasiga 170 ming funt oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times