MYU muxlislari "Brayton"ga qarshi o'yinda "Viva Ronaldo" deya hayqirishdi

Sherzod Nurmatov
17 sen 2023, 11:39
"Manchester Yunayted" muxlislari jamoaning sobiq hujumchisi, hozirda Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubida to'p tepayotgan Krishtianu Ronalduni qo'llab-quvvatlashdi.

APL 5-turidan o'rin olgan "Brayton"ga qarshi o'yinda (1:3) muxlislar "Viva Ronaldo" deb hayqirishdi.

Shuningdek, takidlanishicha, "Manchester Yunayted" muxlislari bosh murabbiy Erik ten Hagning 64-daqiqada Antoni Marsyal bilan almashtirilgan hujumchi Rasmus Xoylundni o'yindan chetlatish haqidagi qaroridan norozilik bildirishgan. O'sha paytda mankunianlar 0:2 hisobida mag'lub bo'layotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sportsbrief.com