MYU "Lion" o'ng qanot himoyachisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
13 dek 2022, 11:37
Uning narxi 30-40 million evroga baholanmoqda.

"Manchester Yunayted" "Lion" himoyachisi Malo Gyustoga qiziqish bildirmoqda.

"Sky Sport" jurnalisti Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, 19 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted"ning o'ng qanot himoyachisi poziciyasini mustahkamlashi uchun eng yaxshi variantlardan biridir. Britaniyaliklar futbolchining qobiliyatini yuqori baholaydilar.

Gyustoning transfer narxi 30-40 million evroga baholanyapti.

Shu bilan birga, "Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag "Inter"dan Denzel Dyumfrisni transfer qilishni itsamoqda. Shuningdek, klub "Bayer"ning o'ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpongni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Gyusto Liga 1 joriy mavsumida 14 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal