MYU JCH-2022da xet-trik qayd etgan futbolchiga qiziqmoqda

Aslanov Jasurbek
11 dek 2022, 20:58
"Manchester Yunayted"dagilar Portugaliya terma jamoasi forvardiga qiziqish bildirishmoqda.

APL klubi hozircha JCH-2022dagi yagona xet-trik egasi Gonsalu Ramushga e'tibor qaratgan.

MYU "Benfika"ning 21 yoshli hujumchisini kuzatish uchun bir necha bor skautlarini yuborgan edi.

Krishtianu Ronaldu hamda MYU o'rtasidagi bitim bekor bo'lganidan so'ng "qizil iblislar" qishki transfer oynasida Ramushni sotib olishga urinib ko'rishadi.

Ramush joriy mavsum Portugaliya chempionatining 11ta o'yinida 9ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CaughtOffside