MYU himoyachisi "Vulverxempton"ga o'tadi

Mirjalol Normatov
29 iyul 2018
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo "Vulverxempton"ga o'tadi.

"The Telegraph" nashri xabariga ko'ra, tomonlar kecha muzokaralarni yakunlagan. Futbolchi "bo'rilar" tarkibiga ko'chib o'tishga rozi bo'lgan. U 23 mln funt evaziga "bo'rilar" bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekadi.

28 yoshli argentinalik mankunianliklar tarkibida 68 o'yinda qatnashib, 1 gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph