
Agar jamoa yangi mavsumda Chempionlar ligasi va Angliya Premer-ligasida g'olib bo'lsa, futbolchilar maoshiga qo'shib yana 4 mln. funtdan mukofot puli olishadi. Har bir turnir uchun 2 mln. funtdan.
Milliy kubok musobaqalari haqida to'xtaladigan bo'lsak, Angliya Kubogidagi har bir g'alaba futbolchilarga 90 ming funt daromad olib keladi, Angliya liga Kubogi finalidagi muvaffaqiyat esa 70 ming funtga baholandi. Ushbu bonuslar faqat 2017/18 mavsumda amal qiladi.