MYU Ekvador termasi futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
29 noya 2022, 10:54
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Ekvador terma jamoasi a'zosi Moyses Kaysedoni qo'lga kiritmoqchi.

21 yoshli "Brayton" yarim himoyachisi Kaysedo "Old Trafford" ierarxiyasini jiddiy qiziqtirib qo'ydi. "Qizil iblislar" bu futbolchini o'z safida ko'rishni istaydiganlar qatorida "Liverpul" bilan raqobatga kirishadi. 

Kaysedo ushbu mavsum Premer-liga klubi tarkibida jami 15 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Shuningdek, yarim himoyachi Ekvador terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatida 2 ta o'yinda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports Germany