MYU 35 yoshli Begovichga qiziqmoqda

Alisher
18 avg 2022
"Manchester Yunayted" Asmir Begovich bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

Din Xenderson "Nottingem Forest"ga ijara asosida o'tgani sabab, MYU ushbu mavsum ikkinchi darvozabon bo'la oladigan posbon qidirmoqda.

"Man Yunayted" 35 yoshli bosniyalikni APLdagi o'yin tajribasi sabab David De Xea uchun ideal o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Ammo, "Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard darvozabonni jamoada saqlab qolmoqchi.

Asmir o'tgan mavsum APL doirasida 3ta o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph