MYU 16 yoshli norvegiyalik futbolchini tarkibga qo'shib oldi

Mirjalol Normatov
23 avg 2020, 12:33
"Manchester Yunayted" 16 yoshli Isak Xansen-Aaren bilan shartnoma imzoladi.

Shanba kuni futbolchi 16 yoshni qarshi olgandi. Isak bir necha oy muqaddam MYUga o'tishga rozi bo'lgandi va transfer bugun amalga oshirildi.

15 yoshida u "Tromse"ning asosiy jamoasi tarkibida maydonga tushib, klub tarizidagi eng yosh futbolchiga aylangandi. 7 o'yinda u bir marta golli pas amalga oshirishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, MYUning bosh murabbiyi norvegiyalik Ole-Gunnar Sulsher hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal