Mxitaryan yana sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
8 yanv 2019, 11:59
"Arsenal" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan London jamoasini tark etishi mumkin.

"The Sun" xabariga ko'ra, agarda "Arsenal" "Barselona" futbolchisi Denis Suares bilan shartnoma imzolaydigan bo'lsa, armanistonlik futbolchi jamoadan ketadi. U o'tgan yilning yanvaridan buyon "kanonirlar" sharafini himoya qilayotgandi.

Yarim himoyachining jamoasi bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Hozirda futbolchiga "Manchester Yunayted" da'vogarlik qilmoqda. "Qizil iblislar" 29 yoshli futbolchini jamoaga qaytarishga tayyor bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun