Mustafi "Arsenal"dagi debyut o'yinida qo'lga kiritilgan g'alabadan xursand
Aslanov Jasurbek
11 sen 2016, 20:25
"Arsenal"ning yangi futbolchisi Shkordan Mustafi "Sautgempton" ustidan qozonilgan g'alabadan xursand ekanligini yashirib o'tirmadi.
"Yangi jamoam safidagi debyut o'yinimda g'alaba qozonganimizdan xursandman. O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Muxlislarimiz uchun o'ynashga tayyorman", - deya xabar qoldirdi futbolchi o'z tvitterida.