Murzoev "Irtish" safida "Shaxtyor"ga qarshi o'yinda eng yaxshi futbolchisi bo'ldi
Narzulla Saydullayev
6 okt 2013, 17:56
Qozog'iston premer ligasining 28-turida "Irtish" klubi o'z uyida "Shaxtyor"ni qabul qilib 2:1 hisobida zafar quchgandi.
O'sha o'yinda zaxiradan maydonga tushgan Kamoliddin Murzoev 88-daqiqada g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'lgandi. Klub muxlislari hamyurtimizni o'sha o'yinda "Irtish"ning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi.