

Ushbu o'yinga qadar "qaldirg'ochlar" posboni Murod Zuhurov oliy ligada 471 daqiqa (5ta o'yin) davomida o'z darvozasi dahsizligini saqlab kelayotgan edi.
"Buxoro" futbolchisi Sergey Georgievning 59-daqiqada urgan goli Zuhurovning jami 530 daqiqalik "quruq" seriyasiga barham berdi.
Darvozabon bunga qadar so'nggi bor 31 may kuni oliy liganing 11-turi doirasida "Paxtakor"ga qarshi bahsda gol o'tkazib yuborgan edi.



