

Ma'lumotlarga ko'ra, "Bunyodkor" stadioni joylashgan xududda "Chilonzor Siti" majmuasi qurilishi mumkin. Majmua ichiga esa "Bunyodkor" akademiyasining ma'lum qismi ham qo'shilishi haqida mish-mishlar eshitdik.
"Bu masala ochiq turibdi. Loyihada bo'sh avtoturargoh deyilgan. U erga nima qurishga bog'liq. Bu akademiyaga foydasi tegadimi yo'qmi. Hali bir qarorga kelinmagan. Rahbariyat bilan buning ustida ishlayapmiz. Siz ko'targan masala bor gap. Ammo loyiha hozircha to'xtab turibdi",- deydi Murod Aliev.



