Rasman: Murod Aliev – "Bunyodkor" bosh direktori!

Sherzod Nurmatov
16 iyun 2023
Tajribali mutaxassis Toshkent klubida ish boshladi.

"Championat.asia"ning 3 kun oldingi "Eshitdik-da" rukni ostidagi xabari tasdiqlandi. 

Unga ko'ra, Murod Aliev bugun "Bunyodkor" klubi bosh direktori etib tayinlandi. Tajribali mutaxassis bungacha Olmaliqning OKMK jamoasida faoliyat yuritib kelayotgandi. 

Saytimiz nomidan Murod Alievning kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz!

Eslatib o'tamiz, "qaldirg'ochlar" 11 turdan so'ng 16 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia