Mukoko yangi shartnomadan bosh tortmoqda. Sababi…

Sherzod Nurmatov
8 noya 2022
"Borussiya" Dortmund futbolchisi Yussufa Mukokoga yangi kelishuv taklif qilishga yaqin.

Biroq nemis futbolchisi Dortmund klubi bilan yangi bitimga imzo chekishni istamayotgan ko'rinadi. Bunga sabab esa Kataloniyaning "Barselona"sidan tushayotgan jiddiy qiziqish, deydi manba. 

"Borussiya" yaqin haftalar ichida rasman yangi shartnoma taklif qiladi. Unga ko'ra, Germaniya yoshlar terma jamoasi vakili yiliga 5 mln evro ishlab topishi ko'zda tutiladi. 17 yoshli hujumchi bitimni imzolashga ikkilanib qolgan.

Asli Kamerunlik bo'lgan yosh hujumchi ushbu mavsum 20 ta o'yinda qatnashdi va 6 ta gol urdi. Uning hisobida yana shuncha assist ham mavjud. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Bild