Muhsin Muhammadiev Tojikistonning "Istiqlol" klubi bosh murabbiyiga aylandi

Aslanov Jasurbek
31 okt 2016, 14:35
Dushanbening "Istiqlol" klubiga Muhsin Muhammadiev bosh murabbiy etib tayinlandi.

Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasi rasmiy sayti e'lon qildi.

Bugun mutaxassis bilan "Istiqlol" ofisida shartnoma imzolash bo'lib o'tdi. 50 yoshli murabbiy va poytaxt klubi bilan kelishuv 3 yilga mo'ljallangan. Joriy mavsum yakunlanganidan so'ng Muhsin Muhammadiev o'z ishiga kirishadi.


Faoliyati

Muhsin Muslimovich Muhammadiev

1966 yil 21 oktyabr kuni Dushanbeda tug'ilgan.

To'p tepgan jamoalari: "Paxtakor", Kurgan-Tyube (1984-1985), "Pomir", Dushanbe (1985-1992), "Lokomotiv", Moskva (1992-1993), "Spartak", Moskva.

Rossiya chempioni (1994 yil).

Rossiya terma jamoasida 1ta o'yin o'tkazgan va bitta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati

Murabbiy - Vityaz, Podolsk (2003–2005). Bosh murabbiy Vityaz, Podolsk (2006–2008). Sport direktori - Rubin, Kazan (2008–2012). Tojikiston terma jamoasi (2013-2015). Ordabasy, Shymkent (2015-2016).

UEFAning "Pro" murabbiylik licenziyasiga ega.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia