Muhammadrizo Haledbari: "Umid qilamanki, Olimpiada chiqish yo'lidagi barcha sinovlarni engib o'tamiz"

Omonjon To`xtamirzayev
11 sen 2023, 13:00
Eron U23 terma jamoasi darvozaboni Muhammadrizo Haledbari qita turniri saralash bosqichining 3-turidan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Eron xalqining duolari bilan dastlabki ikki o'yinda maydonni g'alaba bilan tark etdik. Afg'onistonga qarshi o'yin Gongkongga qaraganda biroz qiyin kechdi. Shunga qaramay, o'z kuchimizdan to'g'ri foydalandik. O'zbekistonga qarshi uchrashuvda yaxshi natija qayd etib, guruhda birinchi o'rinni egallash uchun barchamiz birdamlikda kurashamiz. Yigitlardagi shijoat va mahorat yuqori darajada. Umid qilamanki, Olimpiada chiqish yo'lidagi barcha sinovlarni engib o'tamiz", - dedi "Istiqlol" darvozaboni.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Eron uchrashuvi 12 sentyabr kuni soat 19:00 da boshlanadi.



O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia