Mudrik: "Qachonki murabbiy ishonayotganini his qilib tursang, o'zingdan ham shubxa qilmaysan"

Mirjalol Normatov
25 iyul 2023, 23:50
"Chelsi" futbolchisi Mixail Mudrik yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan birgalikdagi faoliyatining boshlanishi haqida gapirdi.

"Mavsumoldi yig'inlar yaxshi kechmoqda. Ko'p mehnat qilyapmiz. Barchasi ham maydondagi o'yinga bog'liq emas. Mashg'ulotlarda o'zingni yaxshi his qilsang, murabbiyning ishonchini sezib tursang, o'zindan ham shubxa qilmaysan.

Ilk kundanoq murabbiy bizdan, mendan nima istayotganini tushunganman. Bu esa menga futboldan yanada yaxshiroq zavq olishimga, jamoadoshlarimni yaxshiroq tushunishimga yordam bermoqda", - dedi Mudrik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal