Mudrik 5 oy deganda gol urdi

Mirjalol Normatov
12 okt 2024
Ukraina termasi vingeri Mixail Mudrik ushbu mavsumda ilk marta gol urdi.

Futbolchi ayni damda Millatlar ligasi doirasida Gruziyaga qarshi o'yinda ishtirok etmoqda va 35-daqiqada hisobni ochdi. Qayd etish kerak, so'nggi bora u 11 may kuni gol urgandi. O'shanda u "Chelsi" tarkibida "Nottingem Forest" darvozasini ishg'ol qilgandi.

24 sentyabrdan keyin u bugungi golidan tashqari ikki marta assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia