Mudrik faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Alisher Ostonov
13 dek 2025
24 yoshli hujumchi Mixail Mudrik Turkiyaning "Beshiktosh" klubiga o'tishi mumkin.

Qayd etilishicha, "Beshiktosh" Mudrik atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Klub rahbariyati yanvar oyida muzokaralarni boshlashga tayyor, ukrainalik futbolchining shartnomasini to'liq sotib olish varianti ko'rib chiqilmoqda.

2024 yil dekabr oyida Mudrikda doping aniqlangan, hozirda sportchi diskvalifikaciya qilingan. Futboldan chetlatish muddati yanvar oyidayoq tugashi mumkin. Hozirda forvard "Chelsi"ga tegishli.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Eaglе Media