Muboraklik chempion munosib kutib olindi (foto + video)

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2018, 13:00
Xitoy mamlakatida yoshlar o'rtasida bo'lib o'tgan futbol bo'yicha U 23 Osiyo chempionatida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari kecha tunda yurtimizga qaytib kelishdi.

Ushbu chempionlar orasida "Mashal" Professional Futbol Klubi darvozaboni muboraklik Rahimjon Davronov ham bor edi. U kecha Muhtaram Prezidentimiz sovg'asi MALIBU avtomashinasida Muborak tumaniga kirib keldi. Muborakning Chempion farzandini tuman hokimi G'ayrat Jovliev va "Mashal" PFK prezidenti Ilhom Qurbonovlar hamda tumanning barcha futbolsevar muxlislari munosib kutib olishdi. Bir so'z bilan aytsak Muboraklik Osiyo chempioni Muborakga qaytib keldi. Sovg'alar va Sarpolar muborak bo'lsin Rahimjon!

TAS-IX Emas



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz