

Jamoaning yangi futbolchisi, darvozabon Rahimjon Davronov klub matbuot xizmatiga tanishtiruv marosimidan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Taassurotlar zo'r. Kutganimizdan ham a'lo darajada bo'ldi. To'g'risi, muxlislar "yondirishdi". Xayrulla Hamidovni kelgani ham o'zgacha bo'ldi.
Ko'rinib turibdi, Andijonda hamma futbolni sevadi. Xudo xohlasa, chempionatda ham shu muxlislar va "Andijon" uchun o'ynaymiz. Aytishadi-ku, Andijon uchun beramiz jon!".



