Mourinyu: "Tottenxem"dagi birinchi kunimdayoq Eriksen shartnomani uzaytirmasligini aytgan"

Tolibjon Qosimov
1 fev 2020, 12:37
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu yarim himoyachi Kristian Eriksenning jamoani tark etishi va "Inter"ga o'tishi haqida gapirdi.

"U ketishga qaror qilganini allaqachon bilardik. Kristian bilan kelishuvga ko'ra aytishmagan, lekin mening "Tottenxem"dagi birinchi kunimdayoq u menga jamoa bilan shartnomani uzaytirmasligini aytgandi. O'shanda biz janob Levi ("Tottenxem" prezidenti) bilan vaziyatdan chiqish yo'lini qidira boshlagandik.

Motivaciyani yo'qotgan, lekin professional va klubga hurmatni saqlagan o'yinchiga berishim mumkin bo'lgan barcha imkoniyatni taqdim etdim. Janob Levi esa biznes taraflama ko'p narsa qilishga muvaffaq bo'ldi.

Men Tobi Alderveyreldni yangi shartnoma imzolashga ko'ndirishga harakat qildim, u esa menga bazi jabhalarda ikkilanayotganini aytdi. Kristian darhol qaror qabul qilib bo'lganini va uni fikridan hech kim qaytara olmasligi ma'lum qildi. O'sha palladan boshlab men jamoani usiz qurishga harakat qildim", - deya Mourinyuning so'zlarini keltirdi "Goal.com" nashri.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com