Mourinyu Tangi Ndombelening transferiga qiziqmoqda

Alisher
20 iyul 2022, 11:24
"Tottenxem" yarim himoyachisi Tangi Ndombele faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchiga "Roma" qiziqmoqda. Tangi o'tgan mavsumni "Lion"da ijarada o'tkazdi, shundan so'ng Londonga qaytdi. Ammo, "Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte o'yinchiga kelasi mavsumda ishonch bildirmasligini ma'lum qildi.

O'z navbatida, Ndombele bilan birga ishlagan rimliklar ustozi Joze Mourinyu yarim himoyachining xarid variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Futbolchi o'tgan mavsum Liga 1 doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Romagiallorossa