Mourinyu “Roma”ning o'yini vaqtida yuragi to'xtab qolgan muxlisga sovg'a berishni vada qildi

Eldor Akmurzayev
15 dek 2021, 08:05
A Seriya 17-turi doirasida o'tgan “Roma” – “Speciya” (2:0) uchrashuvi vaqtida noxush holat yuz berdi.

30-daqiqada stadionga kelgan muxlislardan birining yuragi to'xtab qoldi va uni defibrillyator yordamida o'ziga keltirishgan, keyinroq esa shifoxonaga yotqizilgan.

“Bu haqda faqat o'yin oxirida bildim. Agar u manzilini aytsa o'z kurtkamni yuboraman. Mayli, keyingi safar u shunday sovuq havoda stadionga kelsa, mening kurtkam u bilan birga bo'ladi”, deydi portugaliyalik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia