Mourinyu: "MYU gol urishi mumkin edi, ammo "Yuventus" - boshqa daraja"

Aslanov Jasurbek
24 okt 2018, 13:51
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvidan so'ng o'z jamoasi o'yiniga baho berdi.

"Yuventus"ga bo'lgan hurmatimiz keragidan ko'p bo'lmadi. Mening vazifam futbolchilarni o'yinga yaxshi tayyorlash edi. Ammo "Yuventus" - boshqa daraja, buni tan olish kerak. Sifat, barqarorlik, tajriba va bilim.

Ushbu jamoaning asosi Bonuchchi va Kellini. Bu raqibga hujumda ko'proq erkinlik beradi. To'pni yo'qotishdimi? Muammo emas, himoyachilar o'sha yerda paydo bo'lishadi. Gol urishimiz mumkin edi, ammo buni uddalay olmadik. O'yinimizdan ko'nglim to'q" - deydi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BT Sports