Mourinyu "Inter"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etmadi

Mirjalol Normatov
22 apr 2022, 22:59
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo A Seriya doirasida "Inter"ga qarshi o'yin oldidan bo'ladigan matbuot anjumanida ishtirok etmadi.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis "Napoli"ga qarshi o'yindan keyin hakamlarni tanqid qilgani borasidagi savollardan qochishni istagan.

"Inter" - "Roma" uchrashuvini Simone Socca boshqarishi borasidagi xabar Mourinyu tomonidan bahs-munozaralarga sabab bo'lgan va buni u jurnalistlar bilan muhokama qilishni istamagan.

"Inter" - "Roma" uchrashuvi ertaga soat 21:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport