Mourinyo: "Yaqin ikki hafta ichida jamoa o'yinini kuchaytira olmayman"

Aziz Tukhtamuradov
30 avg 2015, 21:10
Chelsi bosh murabbiyi Joze Mourinyo o'yinga tayyor bo'lmagan futbolchilarga kerakli choralarni ko'rishi haqida ogohlantirib o'tdi.

"Agar futbolchi o'z o'yinini namoyish eta olmayotgan bo'lsa, ikkita variant bo'ladi. Agar men unga ishonsam kutaman, kutaman va yana kutaman. Lekin, qachondir "nimanidir o'zgartirish vaqti" kelib qolishi mumkin. Shundan so'ng ikkinchi variantni qo'llayman.

Terma jamoa o'yinlari bois keyingi o'yinimiz 15 kundan so'ng bo'lib o'tadi. Bilmayman, bu vaqt ichida nimalar bo'ladi. Deyarli barcha o'z terma jamoasiga ketadi. Men esa 4 nafar futbolchi bilan qolaman. Shu sababli, yaqin ikki hafta ichida jamoa o'yinini kuchaytirish yo'lida hech narsa qila olmayman", - deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseanews.ru